Farg‘onada pnevmatik qurolni bojxona orqali noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 13:48
Farg‘ona viloyatida pnevmatik qurolni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Andarxon” chegara bojxona posti katta xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shni davlatdan harakatlanib kelgan fuqaro boshqaruvidagi Hyundai rusumli transport vositasi belgilangan tartibda “Emmi” laqabli xizmat iti yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida xizmat iti tomonidan maxsus belgi berilgan. Shundan so‘ng, belgi berilgan avtotransport vositasi saloni ko‘zdan kechirilganida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan hamda tegishli ruxsatnomalari bo‘lmagan, qiymati 2 million so‘mlik 1 dona 4,5 kalibrli pnevmatik to‘pponcha va 1 dona pnevmatik to‘pponcha gaz balloni borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq “Yallama” chegara bojxona post xodimlari tomonidan O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga kuryerlik jo‘natmalari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida uning ichidan pnevmatik to‘pponcha chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati