Yamanda kuchli yog‘ingarchilik tufayli 6,5 mingdan ziyod oila boshpanasiz qoldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 16:54
Yamanning markaziy qismidagi kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari tufayli 6 mingdan ortiq oila Marib shahrini tark etdi. Bu haqda Yaman hukumatining Ko‘chirilganlar lagerlari departamenti hisobotida aytiladi, deya xabar bermoqda Anadolu.

Hisobotga ko‘ra, tabiiy ofat 204 ta qochqinlar lageri va ko‘chirilgan hududlardagi 6495 oilaga zarar yetkazgan.

Departament odamlarga oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechak, gigiyena vositalari va chidamli chodirlarga muhtojligini ta’kidladi.

Yamandagi 4,5 million ichki qochqinning 2 milliondan ortig‘i Maribda boshpana topgan.

Yamandagi fuqarolar urushi va gumanitar inqiroz

Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylar 2014 yil sentyabridan buyon poytaxt Sana va mintaqaning bir qismini nazorat qilmoqda.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya kuchlari esa 2015 yilning mart oyidan beri husiylarga qarshi kurashda Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlab keladi.
To‘qnashuvlar natijasida 377 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.
Fuqarolar urushi dunyoning eng qashshoq davlatlaridan birida o‘tkir gumanitar inqirozni keltirib chiqardi va kundan-kunga kuchayib bormoqda.
BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 23,4 mln yamanlik insonparvarlik yordamiga muhtoj – bu Yaman aholisining 73 foizini tashkil qiladi. Harbiy harakatlar tufayli 4,3 mln kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati