FIFA “Bunyodkor”dan transfer taqiqini olib tashladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 13:44
2 aprel sanasida “Bunyodkor” futbol klubi jamoaning sobiq o‘yinchilari Rivaldo va Denilsonning oldidagi qarzdorlik bo‘yicha kelishuvga erishgani bo‘yicha xabar berilgandi.

3 aprel, chorshanba kuni Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) “Bunyodkor” jamoasiga qo‘yilgan transfer taqiqi yechilgani bo‘yicha rasmiy xat jo‘natgan. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, “qaldirg‘ochlar” FIFA nizolarni hal qilish palatasi va CAS qaroriga ko‘ra, Rivaldoga: 2 489 947 yevro – klub tomonidan braziliyalik futbolchiga to‘lanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama; 5 664 000 yevro – shartnoma bekor qilinishi sababli tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus. 10 ming Shveysariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uchun tovon puli to‘lab berishi kerak edi.

Denilsonga esa 700 000 dollar – klub tomonidan braziliyalik futbolchiga to‘lanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama; 400 000 dollar – kelishuv shartlari buzilganligi uchun tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus. 10 ming Shveysariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uchun tovon puli to‘lashi belgilangandi.

Yangi kelishuvga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar sezilarli ko‘rinishda kamaytirildi.

Qo‘shimchasiga, kelishilgan summa Denilsonga 2026 yilgacha uch qismga bo‘lib to‘lanadigan bo‘ldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028 yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan bo‘ldi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati