Bir mavsumda 20 million so‘mgacha daromad olinmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 13:42
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanning “Olg‘a bos” mahallasida istiqomat qiluvchi Doniyor Ismatovning asli kasbi quruvchi. U ishdan bo‘sh vaqtida qo‘shimcha daromad topish maqsadida 20 sotix tomorqasining 9-10 sotixida sabzi, qolganida kartoshka yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

— Oilamizning asosiy daromadi tomorqadan, bir mavsumda ertaki sabzini o‘zidan 15-20 million so‘m daromad qilamiz. Kartoshkani ma’lum qismi ro‘zg‘orga ketsa, qolganini bozorga chiqaramiz.- deydi xonadon sohibi.

????Albatta, tomorqa rizq-ro‘z, asosiy daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni ta’minlashning samarali yo‘lidir. Uning dasturxonimiz fayz-u barakasi, aholi turmush farovonligini ta’minlashdagi o‘rni beqiyos.

????Muhimi, bu oila o‘z mahsuloti bilan nafaqat mahalladoshlari, balki butun viloyat aholisini dasturxoniga ko‘rk bag‘ishlamoqda. Zero, yer – xazina. Uning har bir qarichidan samarali foydalanilsa, daromad shuncha oshadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati