Tuxelning Bayerni tabriklagani Bavariya rahbariyatiga yoqmadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 13:36
"Bavariya" rahbariyatiga Dortmundning "Borussiya" jamoasidan (0:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Tomas Tuxelning harakati yoqmadi.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar bosh murabbiyi matbuot anjumanida mavsum yakuniga qadar 7 tur qolganida "Bavariya"dan 13 ochko oldinda borayotgan "Bayer"ni chempionlik bilan tabriklagan edi.

Jurnalist Tobi Altshulning ma’lumotlariga ko‘ra, "Bavariya" rahbarlari Tuxelning "Bayer"ni muddatidan oldin tabriklaganidan g‘azablangan, chunki, myunxenliklar chempionlikni qo‘lga kiritish uchun hali ham matematik imkoniyatga ega edilar. "Bavariya" rahbariyati Tomas Myullerning "vaqt kelganda "Bayerni" tabriklaymiz" degan javobi ko‘proq yoqdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati