Unai Emeri dunyoning eng yaxshi murabbiyi nomini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 12:58
“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri “Manchester Siti”ning ispaniyalik murabbiyi Pep Gvardiolani dunyoning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etdi.

“Men uchun Pep dunyoning eng yaxshi murabbiy. Uning Ispaniya va Angliyadagi faoliyatini tahlil qilib, u ajoyib mutaxassis degan xulosaga keldim. U juda raqobatbardosh. Eng yaxshi bo‘lish uchun futbol taktikasini bilish kamlik qiladi. Gap inson sifatida kamtar bo‘lish va o‘yinchilarni boshqarish haqida. Fikrimcha, u bularning barchasiga ega murabbiy. Men ham u kabi bo‘lishga harakat qilaman”, — deya Emeri so‘zlarini keltirmoqda BBC.

Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” tarixda ilk bor UEFA Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda ingliz jamoasi trebl bilan mavsumni yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Ispaniyalik murabbiy boshchiligida “shaharliklar” besh marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Gvardiola faoliyati davomida “Barselona” va “Bavariya” klublarini ham boshqargan. Umumiy olganda, ispaniyalik mutaxassis barcha klublar bilan 37 ta sovrin, jumladan, uch bora UEFA Chempionlar Ligasi turnirida g‘olib chiqqan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati