WBO reytingi yangilandi. Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev ko‘tarildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 16:48
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) mart oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.Unga ko‘ra, o‘tgan oyda 7-pog‘onada bo‘lgan Murodjon Ahmadaliyev 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Eliminator jangida g‘alaba qozongan Shahram G‘iyosov esa yarim o‘rta vazn toifasi WBO reytingida 2-o‘ringa yuqoriladi. U o‘tgan oyda reytingning 3-pog‘onasidan joy olgandi. Ayni paytda ushbu vazn chempioni amerikalik Terens Krouford bo‘lib turibdi. Reytingning birinchi pog‘onasida NABO kamari sohibi, amerikalik Jiovani Santilyan bormoqda.    Qolgan bokschilar reytingdagi o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Reytingdan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi joy olgan:Hasanboy Do‘smatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): 6-o‘rinda qoldi;Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg): o‘tgan oydagi kabi 5-o‘rinda qoldi;Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg): 7-pog‘onadan 6-o‘ringa ko‘tarildi;Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn toifasi - 66,6 kg): bir pog‘ona yuqorilab, 2-o‘ringa joylashdi;Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagidek 7-pog‘onada;Bahodir Jalolov (super og‘ir vazn - 90,7 kg) o‘tgan oydagi singari 15-o‘rinda qoldi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati