“Tolibon” xorijiy diplomatlar uchun iftorlik tashkil qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 12:10
Afg‘onistonda “Tolibon” harakati xorijiy diplomatlar uchun iftorlik tashkil qildi. Tadbir davomida G‘azodagi vaziyat, Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalarga sarmoya kiritish muhokama qilindi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.

Iftorlikni “Tolibon”ning ma’muriy masalalar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Abdul Salam Hanafiy tashkil qilgan. Unda O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov ham ishtirok etgan. Abdul Salam Hanafiy o‘z nutqida Isroilning falastinliklarga nisbatan genosidini qoralagan, “Tolibon”ning turli sohalaridagi yutuqlarini eslagan, Kobulning barcha davlatlar bilan iqtisodiy yo‘naltirilgan tashqi siyosat asosida ularning ichki ishlariga aralashmasdan munosabatlarni rivojlantirish istagini bildirgan.

Shuningdek, “Tolibon” rasmiysi xorijiy diplomatlarni iqtisodiy loyihalarga sarmoya kiritishga chaqirgan:

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston temir yo‘llari boshqarmasi delegasiyasi 2 aprel kuni Kobulga tashrif buyurib, Afg‘oniston temir yo‘llari departamenti rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Afg‘oniston uchun temiryo‘l tarifini 50 foizga pasaytirmoqchiligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, meva-sabzavotlarni ortish va tushirish maqsadida Hayraton—Mozori Sharif yo‘nalishidagi Naibobod bekatida omborxona quriladi. U Afg‘onistondan meva-sabzavotlarni Markaziy Osiyo, Yevropa va xorijiy mamlakatlarga kechiktirmasdan va zarar yetkazmasdan yetkazib berilishini ta’minlaydi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati