Qashqadaryoda 16 yoshli yigit o‘zini uyining oshxonasida o‘zini osib qo‘ydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 12:02
Joriy yilning 31 mart kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar, "Qavali" MFY, Qavali ko‘chasida yashagan 2008 yilda tug‘ilgan R.F. yashash uyining oshxonasida gaz trubasiga arqondan sirtmoq yasab o‘zini o‘zi osib, vafot etgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutidovga tayanib UzNews.uz xabar berdi.

Voyaga yetmagan F.R.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Sud tibbiy ekspertizasining birlamchi ma’lumotnomasida, F.R.ning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining sirtmoq bilan qisilishidan keyingi mexanik asfiksiya natijasida kelib chiqqanligi, bo‘yin sohasidagi strangulyasion egat shilinmasidan tashqari boshqa jarohatlari mavjud emasligi aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

Ish holati bo‘yicha so‘ralgan Z.N. o‘z tushuntirish xatida joriy yilning 31 mart kuni o‘g‘li F.R. hech bir sababsiz o‘z joniga qasd qilganligini, o‘g‘liga hech kim jismoniy yoki ruhiy taziq o‘tkazmaganligini, uning o‘limida biror-bir shaxsga nisbatan da’vo va e’tirozi yo‘qligini bildirgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va nazoratga olingan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati