• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar Xitoy OAV diqqat markazida

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar Xitoy OAV diqqat markazida

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 11:58
Xitoyning "Psearcher" jurnalida "O‘zbekiston Respublikasida bolalar kambag‘alligini baholash" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ma’lum qilinganidek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi UNICEF bilan birgalikda O‘zbekistondagi bolalarning monetar kambag‘alligi darajasi baholadi va ijtimoiy himoya tizimining kambag‘allik darajasiga ta’siri tahlil qilindi.

O‘tkazilgan so‘rovda mamlakat bo‘ylab 16 mingdan ortiq oila o‘rganildi. Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi 7,8 foizga kamaygan.

Qayd etilishicha, bolalar kambag‘alligi darajasi 2021 yildagi 21,5 foizdan 2023 yilda 13,7 foizgacha pasaygan.

Kambag‘allikni kamaytirish tendensiyalari shahar va qishloq joylari o‘rtasida sezilarli darajada farq qiladi. Xususan, qishloq joylarda bolalarning kambag‘allik darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizgacha, shaharlarda esa 18 foizdan 13 foizgacha kamaydi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bolalar kambag‘alligi darajasi eng past bo‘lgan hududlar Navoiy viloyati va Toshkent shahri bo‘lsa, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa bolalar kambag‘alligining nisbatan yuqori ekanligi qayd etilgan.
"Ijtimoiy himoya Milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalarning umumiy qamrovi 10,8 million kishini tashkil etdi, – deyiladi materialda. –Kam ta’minlangan oilalarni bolalar nafaqalari va moddiy yordam bilan qamrab olish – 2,1 millionta kam ta’minlangan oiladan 9 million nafar kishini va 72,5 ming benefisiar oilani tashkil etadi, umumiy to‘lovlar miqdori 12,3 trillionga teng".
"Shunday qilib, O‘zbekiston barqaror rivojlanishning birinchi maqsadi – 2030 yilgacha kambag‘allikni barcha shakllarda bartaraf etishga sodiqligini namoyish etmoqda. Shu munosabat bilan, monetar bolalarining kambag‘alligini o‘lchash ushbu missiyani amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir", – deb yozgan "Psearcher" maqola oxirida.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati