• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • G‘allaorol va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida katta miqdordagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

G‘allaorol va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida katta miqdordagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 11:16
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘allaorol tuman bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "S.E`." MCHJ rahbari Z.E. va boshqalar ushbu MCHJ va yakka tartibdagi tadbirkorlar D.N. va R.E.ga ajratilgan jami 1,8 mlrd so‘m kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan avtomobil ehtiyot qismlari sotuvidan tushgan pullarni kredit qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltirmasdan, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.V.” MCHJ rahbari U.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, MCHJga tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga “A.I.” MCHJdan shartnomada ko‘rsatilgan avtomaktab tashkil qilish uchun jihozlarni olib kelinganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, 650 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirib olganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati