Britaniya Mudofaa vazirligi musulmon tashkiloti bilan aloqalarini uzdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 16:44
Britaniya Musulmonlar Kengashi (MBC) bosh kotibi Zara Muhammad mamlakat Mudofaa vazirligi tashkilot bilan 12 yillik aloqalarini tugatganini ma’lum qildi.

Britaniyadagi eng yirik musulmon tashkiloti bunga qadar Mudofaa vazirligi va armiyaning potensial kapellan-imomlar o‘rtasida vositachi bo‘lib kelgan.

“Vazirlik bizga murojaat qilib, ba’zi imomlar jamiyatda obro‘-e’tiborli shaxslarmi, deb so‘rardi? Biz “ha” yoki “yo‘q” deb javob berardik”, - deya izoh keltiradi Zaraning so‘zlaridan The Guardian nashri.

Zaraning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligining bunday qarori Daily Telegraph gazetasida shu mavzudagi maqoladan keyin qabul qilingan. Vazirlik maktubida hukumatning Britaniya Musulmonlar Kengashi bilan hech qanday munosabatda bo‘lishi mumkin emasligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Britaniya hukumati kutilmagan bayonotlar bilan chiqmoqda – rasmiylar «ekstremizm» tushunchasiga yangi ta’rif kiritib, shu asosda bir qator musulmon tashkilotlarini ekstremistik tashkilotlarga kiritishlari mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati