Transfermarkt Abbosbek Fayzullayevni O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 11:04
Nufuzli Transfermarkt internet portali Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududidagi har bir mamlakatning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini taqdim etdi.Ushbu davlatlar ichidagi eng qimmat futbolchi gruziyalik Xvichi Kvarasxeliyaga bo‘lib, u Italiyaning “Napoli” klubida o‘ynaydi.Umumiy ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan. Gruziya: Xvicha Kvarasxeliya (80 million yevro, “Napoli”);Ukraina: Aleksandr Zinchenko (42 million yevro, Londonning “Arsenal” klubi);Rossiya: Aleksandr Golovin (30 million yevro, “Monako”);Armaniston: Eduard Spersyan (18 million yevro, “Krasnodar”);Qozog‘iston: Baxtiyor Zaynutdinov (6 million yevro, “Beshiktosh”);Moldova: Oleg Ryabchuk (5 million evro, “Spartak Moskva”);O‘zbekiston: Abbosbek Fayzullayev (5 million yevro, “SSKA”);Litva: Gvydas Gineitis (2 million yevro, “Torino”);Estoniya: Karl Xayn (2 million yevro, Londonning “Arsenal” klubi);Belarus: Ilya Shkurin (2 million yevro, “Stal”);Ozarbayjon: Renat Dadashov (2 million yevro, “Xatayspor”);Latviya: Raymonds Krollis (1,5 million yevro, “Vishkov”);Tojikiston: Rustam Yatimov (1,2 mln yevro, “Istiqlol”);Qirg‘iziston: Guljigit Alikulov (550 ming yevro, “Neman”);Turkmaniston: Ruslan Mingazov (450 ming yevro, “Kitchi”).Qiziqarlisi, ko‘rsatilgan ro‘yxatda O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi sifatida hozirda “SSKA” klubida to‘p surayotgan Abbosbek Fayzullayev ko‘rsatilgan. Transfermarkt portali uning transfer bahosini 5 million yevro qilib ko‘rsatgan. Italiyada to‘p suruvchi Eldor Shomurodov ham shuncha narxga baholangan.O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilar uchligini Aziz G‘aniyev yakunlab bergan. Uning transfer bahosi 3,5 million yevro qilib belgilangan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati