Germaniyada Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasi elchilari muloqoti o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 16:42
Reynland-Pfals va Xessen federal o‘lkalari vazirlik, idoralari, yirik firma va kompaniyalar, ishbilarmon doira vakillari, ekspertlar ishtirok etgan tadbirda tomonlar o‘rtasida hamkorlik imkoniyati muhokama qilindi.

Mahalliy ekspertlar ta’kidlashicha, joriy yil Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari uchun iqtisodiyotda yangi istiqbol ochilishi kutilyapti. 2023 yil ushbu mintaqalarda iqtisodiy sohada sezilarli rivojlanish kuzatilgan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar ushbu hududlarda taraqqiyot barqaror tus olishini bashorat qilmoqda. Ma’lumot va prognoz iqtisodiy o‘sish o‘tgan yil 4,6 foizni tashkil etgani, joriy yil ushbu ko‘rsatkich 4,2 foizga yetishini tasdiqlamoqda.

Elchi Dilshod Ahatov qayd etganidek, O‘zbekiston – Germaniya hamkorligi mustahkamlanmoqda. So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash, mamlakatimizga Germaniya sarmoyasi miqdori keskin oshdi. Oxirgi 6 yil yurtimizda nemis kapitali ishtirokidagi korxonalar soni uch barobar ko‘payib, 200 dan oshdi.

– O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq, mamlakatimizda biznes va sarmoyaviy faoliyat uchun qulay muhit yaratilgan, – dedi diplomat. – Xususan, yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sanoat loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. 2024 yil yanvardan “Sanoat ipotekasi” tizimi joriy etilib, yuzga yaqin davlat, jumladan Germaniya fuqarolari uchun vizasiz rejim amaliyotga kiritildi. “Yashil” energetika, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi, farmasevtika va sog‘liqni saqlash, ximiya sanoati va mashinasozlik, elektrotexnika kabi muhim sohalar germaniyalik ishbilarmonlar uchun hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida e’tirof etilyapti.

Tadbirda so‘zga chiqqan germaniyalik mutaxassislar xom ashyo salohiyati, bozor ko‘lami va izchil islohotlar O‘zbekiston, qolaversa Markaziy Osiyoni nemis kompaniyalari uchun jozibador yo‘nalishga aylantirayotgani, bu holat hamkorlikning yangi qirralarini ochish uchun zamin yaratishini ta’kidladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati