Sodrujestvo jurnali: O‘zbekiston rossiyaliklar uchun muhim sayyohlik yo‘nalishiga aylangan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 10:56
MDHga a’zo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining "Sodrujestvo" jurnalining birinchi sonida elchi Botirjon Asadov bilan O‘zbekiston–Rossiya munosabatlari va yurtimizning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan eksklyuziv intervyu chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlik aloqalari alohida ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar hozirgi bosqichda so‘nggi yillardagi eng samaralisi sifatida tavsiflanishi mumkin. Ular ikki tomonlama munosabatlarning o‘zaro hamjihatligi, boyligi, shiddati va eng muhimi, sifati bilan ajralib turadi.

Elchining so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda, jurnal Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri ekanligini ta’kidlaydi. Rossiya ham iqtisodiyotimizning yetakchi investorlaridan biridir. So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ikki baravar ko‘paydi. Bugungi kunda ularning soni uch mingga yaqin.

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik dinamikasi keyingi yillarda yangi sifat bosqichiga ko‘tarilgani qayd etildi. Mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar madaniyat, san’at, teatr, kinematografiya va madaniy-gumanitar sohaning boshqa yo‘nalishlarida ham kengaymoqda.

Intervyuda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan respublikamiz hududlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi muhim ma’lumotlar qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur islohotlar O‘zbekistonning barcha go‘shalarida mutanosib o‘sishni ta’minlash va fuqarolarimiz turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan.
Bundan tashqari, intervyuda O‘zbekiston rossiyaliklar uchun muhim sayyohlik yo‘nalishiga aylangani ta’kidlagan. Xususan, 2023 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga 700 ming kishi kelgani, shuningdek, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 1,5 million kishiga yetkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangani aytib o‘tilgan.
Diplomatik missiya rahbarining ta’kidiga ko‘ra, bunda mamlakatimiz madaniy-tarixiy merosi durdonalari bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi O‘zbekistonning qadimiy shaharlari alohida o‘rin egallaydi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati