Toshkentda yig‘lagan bolaga qo‘l ko‘targan tarbiyachi ishdan olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 10:52
Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada tarbiyachi kichik yoshdagi bolaga nisbatan qo‘pol muomala qilayotgani aks etgan videoga munosabat bildirdi.

O‘rganish ishlari davomida aniqlanishicha, 27 mart kuni Yunusobod tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi S.X.ning onasi N.X. guruh tarbiyachisi tomonidan voyaga yetmagan farzandiga qo‘pollik qilgani to‘g‘risida Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilgan.

Murojaatda N.X. tarbiyachi S.I. kunduzgi mashg‘ulot vaqtida farzandi yig‘lagani uchun bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, unga qo‘l ko‘targani, buning natijasida farzandining qo‘lida ko‘karishlar borligini bildirgan.

Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi holatni o‘rganish davomida tarbiyachi haqiqatdan ham bolaga nisbatan nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan munosabatda bo‘lgani aniqlangan.

Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan bunday nomaqbul holatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurati ta’kidlanib, 29 mart kuni tarbiyachi S.I. ga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan va tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda holat Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati