Qirg‘izistonda folbin va ekstrasenslarni reklama qilish taqiqlanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 10:44
Qirg‘iz Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengeshi Ijtimoiy siyosat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgarish kiritish haqida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi va birinchi o‘qishda ma’qulladi. Mazkur qonun axborot maydonida soxta xizmatlar reklamasini taqiqlaydi.

“Kazinform” yozishicha, ushbu tashabbusni parlamentning 25 nafar deputati ilgari surdi. Tashabbuskorlardan biri, deputat Marlen Mamataliyev ta’kidlashicha, qonun loyihasi okkultizm sohasida xizmat ko‘rsatayotgan yoki manfaat ko‘rish maqsadida odamlar muammosini hal qilishni taklif qilayotgan shaxslar tomonidan fuqarolar ongini manipulyasiya qilishni to‘xtatish maqsadida ishlab chiqilgan. Zero, hayotda og‘ir ahvolga tushib qolgan kishi ko‘pincha g‘ayritabiiy qobiliyatidan foydalanib, go‘yoki, muayyan muammodan to‘liq xalos bo‘lishni kafolatlaydigan ekstrasens, sehrgar atalmish kimsalarga murojaat qiladi.

– Umidsiz odam muammoni bartaraf etishga va’da bergan har qanday odamga ishonishga tayyor turadi, – deyilgan hujjat matnida. – Sehrgar yoki ruhshunos bunday holatdan foydalanadi. Ular odamlar ongini boshqarish tajribasiga ega. Yuqori texnologiyalar va ilm-fan taraqqiyoti asrida ko‘plab fuqarolar ko‘zbo‘yamachilik, sehr, hiyla-nayrang ta’siriga tushib qolayotgani juda achinarli.

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasiga ko‘ra, targ‘iboti Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladigan ayrim turdagi tovarlar mavjud. Binobarin, bu qonunlarda okkultizm va sehr xizmat haqida band mavjud emas edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati