Farg‘onada rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirgan yana bir erkak 14 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 10:34
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida o‘z ayolini pichoqlab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Sud hujjatlarida to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, shar’iy nikoh asosida birga yashab kelgan er-xotin o‘rtasida tez-tez oilaviy janjallar bo‘lib turgan. Oqibatda ayol ikki nafar farzandi bilan qizlik uyiga ketib qolgan. Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘ini asossiz rashk qilgan erkak undan o‘ch olish maqsadida ayoli farzandlarini har kuni olib boradigan bog‘cha oldiga borib, uni o‘ldirish rejasini tuzgan.

Mast holatda bo‘lgan erkak kiyimining yeng qismiga yashirib olgan o‘tkir tig‘li jism bilan xotiniga bir necha marotaba urib, uning qotiliga aylangan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan ish hujjatlari o‘rganilib, sudlanuvchiga sud hukmi o‘qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topildi va 14 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati