Buxoro viloyatida xotiniga 28 marta pichoq urgan erkak 22 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 16:30
Kogonlik fuqaro xotinini o‘ldirgani uchun hukm qilindi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning xabar berishicha, Buxoro viloyatida o‘z xotinini o‘ldirgan erkak 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Jinoyat 2023 yil may oyida er-xotin o‘rtasidagi janjal natijasida sodir etilgan. Qotil ayolga 28 marta pichoq urgan, mojaroni to‘xtatmoqchi bo‘lgan onasini ham yaralagan.

Sud uni 97-moddaning 2-qismi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topib, 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati