G‘azoda bolalar ochlik va kasallikdan vafot etmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-04-2024, 10:22
U hayotiy muhim insonparvarlik yordami mintaqaga yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslikni “aqlsizlik” deb atadi.
G‘azodagi bolalar to‘yib ovqatlanmaslik va tibbiy xizmat ko‘rsatish muammosidan aziyat chekmoqda, chunki eksklavga oziq-ovqat yetkazib berish to‘sib qo‘yilgan, hudud sog‘liqni saqlash tizimi barbod bo‘lgan.
“Global Nutrition Cluster” gumanitar tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, mintaqada 5 yoshgacha bo‘lgan 346 ming bola to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liq eng yuqori xavf ostida qolgan. Sektor shimolida ikki yoshgacha bo‘lgan har uchinchi bola to‘yib ovqatlanmayapti.
– Ochlik hech qachon urush quroli sifatida ishlatilmasligi kerak, – dedi Ksavye Juber. – Hozirgacha G‘azoda 27 nafar bola ochlik va kasallik tufayli vafot etdi. Agar jahon hamjamiyati favqulodda choralar ko‘rmasa, bu raqam sezilarli darajada oshadi.