AQSh Rossiyani aynan Crocus’da terakt bo‘lishidan ogohlantirgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 10:20
AQSh Rossiyani aynan Crocus City Hall’da terakt yuz berishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Bu haqda Amerika hukumati doiralaridagi anonim manbalarga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, ISHID tomonidan kutilayotgan terakt haqidagi ogohlantirish 6 mart kuni Rossiyaga taqdim etilgan. Unda aynan Crocus’ga hujum qilinishi kutilayotgani aytilgan. Ertasi kuni Amerikaning Moskvadagi elchixonasi o‘z fuqarolarini hujum tahdidi haqida ogohlantirib, “konsertlar” hujumning ehtimoliy nishoni bo‘lishini ta’kidlagan.

2 aprel kuni Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Amerika razvedkasidan “aniq ma’lumotlar” olganini, ammo “ma’lumotlar juda umumiy bo‘lib, bu dahshatli jinoyat sodir etishda ishtirok etganlarni to‘liq aniqlashga imkon bermagani”ni aytgandi.

Amerika razvedka idoralari yaqinlashib kelayotgan teraktlar haqida olgan ma’lumotlarini hatto dushman davlatlar bilan ham baham ko‘radi, masalan, ular Eronni yanvar oyida ISHID Kermanda hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ogohlantirgan, — deydi anonim manba.

3 yanvar kuni Eron janubi-sharqidagi Kerman shahrida Qosim Sulaymoniy vafotining to‘rt yilligi xotirasiga bag‘ishlangan motam marosimlari chog‘ida terakt yuz bergandi. Oqibatda 95 kishi halok bo‘lgan, 211 kishi jarohatlangandi.

AQSh tomonidan yaqinlashib kelayotgan hujumlar tafsilotlari kamdan-kam xabar qilinadi, chunki bu razvedka ma’lumotlarini yig‘ish manbalari va usullarini oshkor qilishga olib kelishi mumkin, deydi Washington Post manbalari va ekspertlari.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati