Xorazmda o‘zaro katta janjalni sodir etmoqchi bo‘lgan ikki guruh a’zolari ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 10:14
Joriy yilning 31 mart kuni, Xorazm viloyati Urganch tumani "Bog‘dorchi" mahallasi hududida 30 nafarga yaqin fuqarolar o‘zaro guruh-guruh bo‘lib mushtlashishni rejalashtirishgani aniqlandi. Viloyat IIB va DXX boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zaro janjalning oldi olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, ushbu ikki guruh tarkibida bo‘lgan 2 nafar shaxs o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro nizoni tanishlarini jalb qilgan holda, guruh-guruh bo‘lib janjallashib hal qilishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 277-moddasi 3-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 9 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

Shuningdek, hodisa ishtirokchisi bo‘lgan yana 6 nafar shaxs MJtKning 183 (mayda bezorilik) va 194-moddalariga (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olindi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati