Xorazmda o‘zaro katta janjalni sodir etmoqchi bo‘lgan ikki guruh a’zolari ushlandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-04-2024, 10:14
Aniqlanishicha, ushbu ikki guruh tarkibida bo‘lgan 2 nafar shaxs o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro nizoni tanishlarini jalb qilgan holda, guruh-guruh bo‘lib janjallashib hal qilishga uringan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 277-moddasi 3-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 9 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.
Shuningdek, hodisa ishtirokchisi bo‘lgan yana 6 nafar shaxs MJtKning 183 (mayda bezorilik) va 194-moddalariga (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olindi.