Zelenskiy: Ukraina Rossiyaning “eng zaif joylari”ga zarbalar berishda davom etadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 16:28
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy yig‘ilishlar o‘tkazgani, ularda Rossiyaning Ukraina kuchlari “eng katta zarar” yetkazishi mumkin bo‘lgan “eng zaif joylari” aniqlanganini ma’lum qildi.

“O‘sha joylarga zarbalar beramiz. Rossiya davlati qanchalik ko‘p yo‘qotsa va uning agressiyasi to‘lovi qanchalik ko‘p bo‘lsa, bu urushning adolatli yakun topishi shunchalik yaqin bo‘ladi”, — dedi Zelenskiy.

Gap aynan qanday joylar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Uning aytishicha, majlislarda Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy, mudofaa vaziri Rustem Umerov, Razvedka bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanov, UQK bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Vadim Suxarevskiy (uchuvchisiz tizimlar uchun mas’ul) va boshqalar qatnashgan.

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon Rossiyaning neft tarmog‘iga aloqador korxonalariga 11 marta dronlar bilan hujum qilingan.

Rossiya Ukrainaga to‘liq ko‘lamda bostirib kirganidan buyon, RFning chegaraga tutash hududlari uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan o‘qqa tutilmoqda. So‘nggi kunlarda Rossiyaning Belgorod viloyatiga hujumlar yanada shiddatli tus oldi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati