O'Nil: Kerakli vaqtda raqibga bosim o‘tkaza olmadik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 10:02
Angliya premyer-ligasining 31-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda, "Byornli" "Vulverxempton" bilan durang o‘ynadi, "bo‘rilar" ustozi Gari O`Nil buni eng yaxshi natija emas, deb hisoblamoqda.

Uning fikricha, "Vulverxempton" futbolchilari so‘nggi o‘yinda ko‘proq shijoat ko‘rsatishi kerak edi.

"Biroz xafa bo‘ldim, kerakli vaqtda raqibga bosim o‘tkaza olmadik. Biroq men buni amalga oshirish mumkinligini his qildim.

Boshqa tomondan, o‘yinchilarga ortiqcha yuklama berib bo‘lmaydi. Bu holatni klub prezidenti bilan yil boshida muhokama qilgandik.

Agar ixtiyoringizda kam sonli o‘yinchilar bo‘lsa, jarohat olish xavfi ayniqsa yoqimsiz bo‘ladi", - deya "bo‘rilar" ustozining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati