O‘zbekiston ikki oyda salkam 8,9 mln dollarlik choy import qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 09:56
O‘zbekiston 2024 yilning yanvar—fevral oylarida xorijdan qiymati 8,9 million dollarga teng bo‘lgan choy import qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatga ikki oy davomida 6 548 tonna choy import qilingan. Choy importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 178,5 tonnaga kamaygan.

O‘zbekiston ikki oyda 15 ta davlatdan choy xarid qilgan:

Ta’kidlash kerakki, yanvar oyida xorijdan qiymati 4,8 million dollarga teng bo‘lgan choy import qilingan. Avvalroq O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2024 yilning yanvar—fevral oylarida 9,9 milliard dollardan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati