“Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni uchun) tanlovi e’lon qilindi!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 09:44
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni uchun) tanlovi o‘tkazilmoqda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni uchun) tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformasiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi 81-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Respublika ta’lim muassasalarida yoshlarning tabiatga bo‘lgan mehrini uyg‘otish, ularni tabiat himoyachisi sifatida tarbiyalash maqsadida tashkil etilmoqda.

Tanlovda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar talabalari hamda umumta’lim maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari qatnashishi mumkin.

Muhim! Tanlovga yuborilayotgan ijodiy ishlar ekologiya, atrof-muhit va uning tozaligi, ekologiyaning eng dolzarb muammolari hamda uning yechimlariga bag‘ishlangan bo‘lishi lozim. Tanlovning hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilar professional va havaskor qatnashuvchilarga ajratiladi.

Shuningdek, ijodiy ishlarni baholashda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi:

— she’r va musiqaning tanlov yo‘nalishiga mosligi; — mavzuning dolzarbligi va ilmiy asoslanganligi; — matnning mantiqiy tuzilishi, ma’lumot, muallif pozisiyasining mavjudligi; — savodxonlik, leksik boylik, talaffuz; — ijodkorlik (yangilik, she’r va musiqa mavzusining o‘ziga xosligi).
Unutmang! Ijodiy ishlar 15-mayga qadar Ekologiya vazirligining info@eco.gov.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi. Tanlovga topshirilayotgan arizalarga ishtirokchilarning ijodiy ishlari (MP3 formatda) biriktirilishi lozim.
Yakuniy natijalar 5-iyun — “Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuni” munosabati bilan e’lon qilinadi. G‘oliblar diplom, statuyetka va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati