“Abha”ga uchta gol urgan Ronaldu o‘ziga tegishli bir nechta natijalarni yangiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 09:40
Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv seshanba, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “An-Nassr” safarda “Abha” mehmoni bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu bu o‘yinda xet-trik qayd etib jamoasining yirik hisobda g‘alaba qozonishiga yordam berdi. “An-Nassr” uchrashuvda 8:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ygan Ronaldu, o‘ziga tegishli bir nechta natijalarni yangilab oldi.

Xet-trik qayd etgan Ronaldu 30 mart kuni u “Al-Tai” darvozasiga ham uchta gol urishga erishgan edi.

So‘nggi bor hujumchi 2015 yilda “Real” safida o‘ynab ketma-ket ikkita xet-trik qayd etgandi. O‘shanda u 12 sentyabr kuni La Ligada “Espanyol”ga 5ta, 15 sentyabrda esa Chempionlar ligasida “Shaxtyor”ga 3ta gol urgandi.

Oxirgi marta forvard 2023 yil 23 mart kuni Portugaliya terma jamoasi safida Lixtenshteynga qarshi o‘yinda jarima zarbasini golga aylantirgan edi.

Ronaldu oxirgi marta 2011 yilning 15 mayida jarima zarbasidan dubl qayd etgan. O‘shanda futbolchi “Real”ning “Vilyarreal” ustidan qozonilgan g‘alabasida ishtirok etgan
Umumiy olganda, 39 yoshli futbolchi jarima zarbalaridan 63 ta gol urdi. Lionel Messida esa bu ko‘rsatgich 65 ta.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Ar-Riyod jamoasi ochkolari sonini 62 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati