Rahbar jarimaga tortildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 09:36
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidagi “Mirzachoʼl Agroklaster group”mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli paxta tozalash zavodidan atmosfera havosiga quyuq chang chiqayotganligi haqida xabar tarqalgan edi.

Biz ushbu holat yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga murojaat qildik.

– O‘rganish ishlari davomida Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan mazkur tadbirkorlik sub’ektiga joriy yilning 26 yanvar, 30 yanvar va 29 mart kunlari mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xatlari bergan edik, – deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Zamira Abdullayeva. – Bundan tashqari, mazkur korxona rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-prim 6-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy bayonnoma tuzilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tumani sudiga yuborildi. Tuman sudining qaroriga asosan “Mirzachoʼl Agroklaster group” MCHJ rahbariga nisbatan BHMning uch barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Korxonaning havoni ifloslantirish borasida yuzaga kelgan muammo bartaraf etildi.

Axborot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, viloyat hududida atmosfera havosi va atrof-muhitning tozaligini nazorat qilish Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo‘limlari xodimlarining doimiy nazoratida bo‘ladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati