Messi jarohatidan forig‘ bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 09:32
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi jarohatidan forig‘ bo‘lib, jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bungacha 37 yoshli futbolchi jarohat tufayli jamoaning 3ta o‘yinida maydonga tushmagandi. "Daily Mail" tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchi 2 aprel kuni mashg‘ulotda ishtirok etdi. Mayamiliklarni 4 aprel kuni KONKAKAF chempionlar kubogi doirasida «Monterrey»ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Messi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 5 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 gol va 2 assist muallifi bo‘ldi. Uning "Inter Mayami" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati