Temiryo‘lchilar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz hududini ko‘kalamzorlashtirishda davom etmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-04-2024, 09:30
Xususan, “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jamiyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarida ko‘kalamzrlashtirish va daraxtzorlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu hayrli tadbirda jamiyat boshqaruv raisi K.Rashidov boshchiligidagi boshqaruv a’zolari, bo‘lim, sex va uchastka boshliqlari va xodimlar faol ishtirok etishdi.
Shuningdek, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ rahbariyati va Qo‘qon MTU filiali boshlig‘i B.Milladjonov boshchiligidagi bir guruh komissiya a’zolar stansiyalarida mevali va manzarali ko‘chatlar ekish ishlarida faol ishtirok etishmoqda hamda stansiyalarni birma-bir ko‘zdan kechirishmoqda.
Shu bilan birga, “Qarshi MTU” filiali rahbariyati boshchiligida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Joylardagi stansiya hududi, korxona va tashkilotlar, temir yo‘l atroflari, tashlandiq bo‘lgan yerlar chiqindilardan tozalandi hamda mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib bog‘lar yaratildi.
Bolalar temir yo‘l shifoxonasi hududida manzarali va meva-sabzavot daraxtlarini ekishda faol ishtirok etgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Axborot-tahliliy media markazi xodimlari ham chetda qolmadi.
Temir yo‘l ishchilarining hududni obodonlashtirish bo‘yicha ushbu sa’y-harakatlari ijtimoiy mas’uliyat va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizda ekologik toza va yashil muhit yaratishga intilishning yorqin namunasidir.
Temiryo‘lchilar yurtimiz hududlarini obodonlashtirishda faol ishtirok etishda davom etmoqda.