Bombalanayotgan G‘azo: 162-kunning asosiy voqealari

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 16:22
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 162 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar dayjesti.

▪️ Bosqinchilar Nuseyrat lageriga hujum uyushtirib, asosan ayollar va bolalardan iborat 36 kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Rafah va Rimal mintaqasiga ham hujumlar uyushtirildi. Kun davomida 149 kishi shahid bo‘ldi, 300 kishi jarohat oldi.

▪️ G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Xevron, Tulkarm, Qalqilya va Nablusga bostirib kirdi. O‘g‘irlab ketilgan falastinliklar haqida xabarlar bor.

▪️ HAMAS jangarilari Hamad shahri hududida bosqinchilar guruhiga hujum qildi.

▪️ Livan Hizbullohi bosqinchilarning «Zarita» kazarmalari va Livan bilan chegaradagi “Hadab Yarin” ishg‘ol inshootiga aniq zarbalar berdi.

▪️ Husiylar Marshall orollari bayrog‘i ostida suzayotgan Amerika kemasiga hujum qilishdi.
▪️ Avstraliya, Norvegiya, Irlandiya, Ispaniya, Shvesiya va Kanada YUNRVAni moliyalashtirishni tikladi.
▪️ Bosqinchi Netanyaxu 1,5 mln ko‘chirilgan falastinlik joylashgan Rafahga quruqlikdan bostirib kirish rejasini tasdiqladi.
▪️ Nikaragua Isroilning G‘azodagi harakatlariga siyosiy, moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatish orqali “Isroilning G‘azodagi genosidini qo‘llab-quvvatlagani” uchun Germaniyaga qarshi Xalqaro Sudga ish ochdi. Nikaraguaning Germaniyaga qarshi da’vosi bo‘yicha tinglovlar 8-9 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati