• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi tomonidan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir va iftorlik tashkil etildi

O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi tomonidan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir va iftorlik tashkil etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 09:24
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Boku shahrida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir va muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Ozarbayjonda doimiy va vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlar, ushbu mamlakat ishbilarmon, ilmiy va akademik doira vakillari ishtirok etdi.

Diplomatlar yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, shuningdek, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berishdi.

Tadbirdan so‘ng uning ishtirokchilari uchun iftorlik dasturxoni yozildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati