Sultanova Shahnoza Abduvaxitovna Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 06:38
Sultanova Shahnoza Abduvaxitovna Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Umarova Nodira Nigmatullayevna boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifadan ozod qilindi.

Shahnoza Sultanova 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Ko‘p yillar davomida Toshkent davlat texnika universitetida qator mas’uliyatli lavozimlarni egallab kelgan.

Shu kunga qadar Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikasiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida ishlagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati