So‘ngi pushaymon o‘zingga dushman
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-04-2024, 06:18
Farzandi uch yoshga to‘lganiga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosi kechiktirilib, keyinchalik sinov muddati belgilangan. Shunday bo‘lsada, u bundan tegishli xulosa chiqarmasdan o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas, deganlaridek yana jinoyat ko‘chasiga qadam qo‘ydi. Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni ichishni odat qildi. Bu ayolning yurish-turishi atrofdagilarga shubha uyg‘ota boshladi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda S.Inochkinaning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 40 dona konvalyutadagi 560 dona “ilko Regopen 300 mg Pregabalin” yozuvli kasetada kuchli ta’sir qiluvchi moddalar borligi aniqlandi. U bu dorilarni kelgusida sotishni maqsad qilganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasida daliliy ashyo tariqasida olingan dori kanvalyutalar ichidagi kapsulalar tarkibida pregabalin moddasi mavjudligi, uning umumiy og‘irligi 168 grammni tashkil qilishi aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan bu ayolga olti yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.