«Barselona» Tyuramni qo‘lga kiritish yo‘llarini izlamoqda
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-04-2024, 05:00
23 yoshli futbolchi Kataloniya klubining transfer maqsadlaridan biri sanaladi, biroq fransiyalik futbolchining narxi kelishuvni murakkablashtirishi mumkin. Jurnalist Xordi Batalyaning yozishicha, yarim himoyachining transferi narxini pasaytirish maqsadida "Barselona" o‘zining sobiq futbolchisi, u ham "Nissa"da to‘p tepadigan Jan-Kler Todibodan foydalanishi mumkin. "Blaugrana" 24 yoshli himoyachini kelajakda qayta sotishning 20 foizini olish huquqiga ega - bu band Tyuram uchun muzokaralarda tovon pulini kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin.