Ronaldu 2011 yildan buyon bir o‘yinda ikki marta jarima zarbasidan gol urmagandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 04:02
Krishtianu Ronaldu "Abha" darvozasiga jarima zarbasidan ikkita gol urdi.

Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turi o‘yinining 11 va 22-daqiqasida u raqib darvozasiga standart vaziyatdan gol kiritdi.

Oxirgi marta forvard 2023 yil 23 mart kuni Portugaliya terma jamoasi safida Lixtenshteynga qarshi o‘yinda jarima zarbasini gol bilan yakunlagandi.

Ronaldu oxirgi marta 2011 yilning 15 mayida jarima zarbasidan dubl qayd etgandi. O‘shanda "Real" "Vilyarreal" ustidan g‘alaba qozongan.

Umuman olganda, 39 yoshli futbolchi jarima zarbalaridan 63 ta gol urgan. Lionel Messida esa 65 ta shunday gol bor.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati