WBO yo‘nalishida o‘zbekistonlik yangi professional bokschi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 16:00
Birinchi yarim yengil vazn toifasining eng iste’dodli bokschisi hisoblangan Murodjon Ahmadaliyev vaznida janglar o‘tkazib kelayotgan buxorolik Muhammad Shexov WBO reytingida 7-o‘rinda qayd etildi. Ahmadaliyev esa 6-o‘rinda bormoqda.

Aytish lozim, professional boksdagi faoliyati mobaynida 14 g‘alaba (4 nokaut) va 1 durang erishgan Muhammad Shexov o‘tgan yilning 16 dekabrida Moskvada kolumbiyalik Leonardo Karrilloga qarshi o‘tkazgan so‘nggi jangida g‘alabaga qozongan.

Eliminator jangida g‘alaba qozongan Shahram G‘iyosov esa yarim o‘rta vazn toifasi WBO reytingida 2-o‘ringa ko‘tarildi. U o‘tgan oyda reytingning 3-pog‘onasidan joy olgan edi. Ayni paytda ushbu vazn chempioni amerikalik Terens Krouford hisoblanadi. Reytingning birinchi pog‘onasida NABO kamari sohibi, amerikalik Jiovani Santilyan bormoqda.

Shuningdek, professional boksning WBO yo‘nalishida o‘z shiddatini ko‘rsatib kelayotgan Hasanboy Do‘smatov birinchi o‘ta yengil vaznda 6, Olimjon Nazarov o‘ta yengil vaznda 5, Bektemir Meliqo‘ziyev eng o‘rta vaznda 7 va yengilmas charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov eng og‘ir vaznda 15-pog‘onani band etib turibdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati