«MYU» bu transfer uchun 100 million yevrodan ko‘proq pul taklif qilmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 03:46
"Manchester Yunayted" Joau Nevesh uchun "Benfika"ga 100 million yevrodan ko‘proq taklif qilishga tayyor.

Sport Witness nashrining Record nashriga tayanib xabar berishicha, "Manchester Yunayted" 19 yoshli yarim himoyachining transferini keyingi mavsum uchun ustuvor vazifa deb hisoblamoqda. Klub Neveshning o‘yinini ko‘p marta kuzatgan va uni Brunu Fernandesh bilan yarim himoyada bir jamoada ko‘rishni istaydi.

Qayd etilishicha, "Benfika" Neveshni saqlab qolishga qiziqmoqda. "Manchester Yunayted" portugaliyalik uchun 105 million yevrodan ko‘proq taklif qilishi mumkin, Neveshning tovon puli esa 120 million yevroni tashkil qiladi.

Portugaliya chempionatining joriy mavsumida Joau Nevesh 27 uchrashuvda 3 ta gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati