«PSJ» «Barselona»ning ikki nafar himoyachisi bilan qiziqmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 03:42
"PSJ" "Barselona"ning ikki himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.

Catalunya Radio xabariga ko‘ra, fransuz klubi Jyul Kunde va 17 yoshli Ektor Fortni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ta’kidlanishicha, bu masala bir necha hafta oldin "PSJ" va "Barselona" vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilingan.

Xabar qilinishicha, "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike himoyachini yoqtirishiga qaramay, "Barselona" Ektor Fortni sotishdan bosh tortgan. Jyul Kundening ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

La Liganing joriy mavsumida Fort Kataloniya klubi safida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, golli uzatmani qayd etdi.

Kunde joriy chempionatda 27 ta o‘yin o‘tkazgan - uning hisobida 2 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati