«Yuventus» sport direktori klubning transfer rejalari haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 01:02
"Yuventus" sport direktori Kristiano Juntoli transfer bozorida ishlash borasidagi savolga javob berdi.

Turinliklar joriy mavsumning ikkinchi yarmida muvaffaqiyat qozona olishmayapti, shu sababli ham yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirishga majbur bo‘lishlari mumkin.

“Hozir biz bor e’tiborni hozirgi kunga qaratganmiz. Biz Italiya kubogi finaliga chiqishni istaymiz, bunda g‘alaba qozonamiz degan umiddaman. Ayni damda transferlar va kelajak haqida gapirishni istamayman. Bizning strategiyamiz klubning moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi, ammo Italiyada va xorijda raqobatbardosh bo‘lishimizga imkon berishi kerak", - dedi Juntoli "Lasio"ga qarshi Italiya kubogi yarim finalining birinchi o‘yini oldidan Mediaset nashriga.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati