Lisandro Martines yana safdan chiqdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-04-2024, 00:58
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Lisandro Martines yana jarohat oldi.

26 yoshli futbolchi yaqinda fevral oyida olgan jarohatidan tuzalib ketgandi. Jurnalist Gaston Edulning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi mashg‘ulot vaqtida boldir mushagini shikastlab olgan, shu sababli u 3-4 haftani o‘tkazib yuboradi. Bu “qizil iblislar” markaziy himoyachisining joriy mavsumdagi uchinchi jarohatidir.

Lisandro Martines ushbu mavsumda "Manchester Yunayted" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati