Ayni o‘ynaydigan pallada ketish...

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 23:52
Futbolchi 24 yoshda, u o‘z klubida yetakchilardan biri va transfer huquqi 18 million yevroga baholanmoqda.

Endi bir tasavvur qiling, shunday holatda uning butsalarini mixga ilishdan o‘zga chora topolmasligi naqadar alamli va og‘riqli...

* 2022 yilning oktyabr oyida «Brayton» hujumchisi Enok Mvepu aynan 24 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgandi. Sabab - potensial o‘limga olib keluvchi yurak tizimi xastaligi. Shifokorlar chuqur tahlillardan keyin Enokka shunday og‘ir tashxis qo‘yishgan va unga futbolni yig‘ishtirib qo‘yishni tavsiya etishgandi. Chunonchi, Mvepuning professional darajada o‘ynashda davom etishi hayotiga real xavf tug‘dirardi. Shu tariqa zambiyalik faoliyatini yakunlash nuqtasida jahonning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lgani qayd etildi. O‘sha pallada Mvepuning transfer summasi 18 mln. yevroga teng edi transfermarkt portali talqini bo‘yicha. 

* Argentinalik mohir goleador Serxio Aguero va fransiyalik hujumchi Stiv Savidan ham aynan yurak tizimiga bog‘liq muammolar tufayli futboldan ertaroq ketishga majbur bo‘lishdi. Jumladan, ketar chog‘i «Kun»ning transferi 15 million yevroga baholanayotgan edi. 

* Eng qimmatbaho xayrlashuvchilar ro‘yxatida muddatidan oldin ketishga majbur bo‘lgan angliyalik Din Eshton ham bor. «Vest Xem» vakili atigi 26 yoshida surunkali tizza jarohati ortidan butsalarini mixga ilgandi. O‘sha pallada Dinning transfer summasi 8,5 million yevro edi. 

* Adam Jonson esa 28 yoshda majburan chetga chiqqan. Aniqrog‘i, u zo‘ravonlik jinoya­ti bo‘yicha ayblanib, futboldan to‘g‘ri qamoqxonaga yo‘l olgandi. 
* Ro‘yxatning 3-5-o‘rinlari chinakam afsonalarga tegishli - Zayniddin Zidan, Filipp Lam va Pavel Nedved. Bu trio shunchaki, futbol bilan yuqori nuqtada xayrlashishni lozim topgan.
Futboldan 12,5 million yevroga teng transfer yorlig‘i bilan ketgan Zayniddin Zidanga alohida to‘xtalish kerak. Binobarin, Fransiya futboli afsonasining professional darajadagi oxirgi 4ta o‘yini eng yuqori darajaga to‘g‘ri kelgandi. Qolaversa, Zizu ularning har birida nimalarga qodirligini ham namoyish etgan baralla. 
D.ALIMOV tayyorladi

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati