Futbol, shaxmat, kutubxona — Robinyoning qamoqdagi sharoitlari ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 23:34
Braziliya qamoqxonasida saqlanayotgan, “Real Madrid”, “Milan” va “Manchester Siti” klublarining sobiq hujumchisi Robinyo boshqa mahbuslar bilan birga mahalliy futbol chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.Manbaga ko‘ra, Robinyo boshqa mahbuslar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash dasturi doirasida qamoqxona bog‘ini parvarishlar huquqiga ham ega bo‘ladi.Qayd etilishicha, Robinyo jazoni o‘tayotgan qamoqxona majmuasida futbol maydonlaridan tashqari kutubxona va shaxmat o‘ynash uchun mo‘ljallangan xona ham bor.Eslatib o‘tamiz, Robinyo 2013 yilda "Milan"da o‘ynagan vaqtida Milan tungi klubida bir qizga jinsiy zo‘ravonlik qilgani uchun 2017 yilda to‘qqiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati