Litva Ryutte nomzodini qo‘llab-quvvatladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 23:08
Litva Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi lavozimiga Niderlandiya Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mark Ryutte nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu haqda Litva prezidenti Gitanas Nauseda Vilnyusga tashrif buyurgan Mark Ryutte bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Litva nomzod Ryutteni qo‘llab-quvvatlaydi. U Rossiyadan kelayotgan tahdidlarni birinchi bo‘lib tan olgan, Rossiyaga nisbatan o‘z qarashlarini sezilarli darajada moslashtirgan va o‘zgartirgan, shuningdek, deklarasiyalar orqali emas, balki real ishlar orqali o‘z mamlakatining ishtirokini ta’minlagan yevropalik siyosatchilardan biri edi", dedi Nauseda.

Ryutte nomzodini AQSH, Germaniya va Fransiya qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq u sharqiy ittifoqdoshlarining qarshiliklari tufayli yetarlicha ovoz to‘play olmasligi mumkin.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati