Merilin Monroning qabrtoshi ham kimoshdi savdosida sotildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 22:58
Amerikalik qo‘shiqchi, model Merilin Monro va "Playboy" jurnali asoschisi Xyu Xefnerga tegishli ko‘plab buyumlar, jumladan, aktrisa bir paytlar kiygan pushti libosi, shuningdek, Xefnerga tegishli smoking va shippak kimoshdi savdosida sotildi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Los-Anjelesdagi "Pirs Brothers memorial" parki Xyu Xefner va Merilin Monroga tegishli turli xil buyumlarni sotgan. "Julianʼs Auctions" ma’lumotlariga ko‘ra, tarixiy ko‘ylak 325 000 dollarga sotilib, u kimoshdi savdosidagi oldingi rekordlarni yangilagan.

Shu bilan birga, Monro qabrining eskirgan toshi 88 900 dollarga baholangan. Xefnerning rangli smokingi, shippaklari, pijamalari va trubkasi 13 000 dollarga va uning uchun buyurtma qilingan maxsus zaxira dumaloq krovati 13 000 dollarga sotilgan.

Xefnerning dumaloq krovatini, Monroning cho‘milish kostyumini sotib olgan mijoz ko‘p yillik orzusi ushalganini ta’kidlagan.

"Men umrimning qolgan qismini Merilin Monroning yonida o‘tkazmoqchiman", – degan u.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati