Shimoliy Koreya FIFA tomonidan jarimaga tortildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 22:48
Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) Tartib-intizom qo‘mitasi Pxenyanda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Shimoliy Koreya — Yaponiya o‘rtasidagi uchrashuv bekor qilinigani munosabati bilan mehmonlar foydasiga texnik g‘alaba yozilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, tashkilot rasmiy sayti orqali jazo tafsilotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya futbol assosiasiyasi 10 ming Shveysariya franki (taxminan 11 ming AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortildi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati saralashi 2-bosqichi 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvi 26 mart sanasida o‘tkazilishi kerak edi.

O‘yin o‘tkazish uchun Shimoliy Koreya maydon topa olmadi. Neytral maydonda o‘tkazish borasidagi urinishlar samarasiz yakunlandi. Muqobil birorta mamlakat bunga rozilik bermagan. Natijada, Yaponiyaga uch ochko taqdim etildi va 12 ochkoga ega bo‘lgan "samuraylar" keyingi bosqich masalasini muddatidan ilgari hal qilishdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati