Saudiya Arabistonida ayol ko‘rinishida robot-gumanoid taqdim etildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-04-2024, 22:44
Sara tashqi ko‘rinishi 25 yoshli qizga o‘xshaydi. Uning bo‘yi 1,62 metr bo‘lib, milliy libos — abaya kiyib yuradi. Robot yaratuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, gumanoidni imkon qadar nafis va iboli tasvirlashga harakat qilingan. Shuning uchun Sara siyosat yoki shaxsiy mavzularda gapirmaydi, bunday savollarga javob bermaydi va suhbat mavzusini o‘zgartirib, odobsiz mavzulardan qochishga urinadi.
“Biz Saudiya Arabistonidanmiz. Mamlakatimizda bunday mavzular ommaviy muhokama qilinmasligi kerak”, — deb ta’kidladi.
Gumanoid arab va ingliz tillarida so‘zlashadi, uning nutqi mahalliy dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan. Saudiya Arabistoni dasturchilari Sarani yaratishda mashhur neyrotarmoqlarga, jumladan, ChatGPT’ga ishonch bildirmagan.
Sara to‘liq ravishda Saudiya Arabistonida loyihalangan va yaratilgan bo‘lib, uning yordamida mamlakat robototexnika va sun’iy intellekt sohasidagi muvaffaqiyatlariga jahon e’tiborini qaratmoqchi.