Qashqadaryoda 15 yoshli yigit oshxonasida arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 22:40
Qarshi shahri «Qavali» mahallasida yashovchi 15 yoshli yigit uyining oshxonasida gaz trubasiga arqondan sirtmoq yasab o‘zini o‘zi osib, vafot etdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan Bugun.uzʼga ma’lumot berdi.

Voyaga yetmagan F.R.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Sud tibbiy ekspertizasining birlamchi ma’lumotnomasida fuqaroning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining sirtmoq bilan qisilishidan keyingi mexanik asfiksiya natijasida kelib chiqqanligi, bo‘yin sohasidagi strangulyasion egat shilinmasidan tashqari boshqa jarohatlari mavjud emasligi aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

Ish holati bo‘yicha so‘ralgan Z.N. o‘z tushuntirish xatida 2024 yilning 31 mart kuni o‘g‘li F.R. hech bir sababsiz o‘z joniga qasd qilganligini, o‘g‘liga hech kim jismoniy yoki ruhiy ta’ziq o‘tkazmaganini, uning o‘limida biror-bir shaxsga nisbatan da’vo va e’tirozi yo‘qligini bildirgan. Hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokurorining yordamchisi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va nazoratga olingan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati