Tolibon AQSh fuqarolarini hibsda saqlayotganini tan oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 22:38
Afg‘onistonni boshqarayotgan «Tolibon» harakati kamida ikki AQSh fuqarosini hibsda ushlab turibdi. Bu haqda 31 mart kuni Afg‘oniston hukumati vakili Sabiulloh Mudshahid TOLOnews afg‘on telekanaliga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu amerikaliklar «afg‘on qonunlarini buzgani» uchun hibsga olingan - Mudshahid gap qaysi qonunlar haqida ketayotganini aytmadi. Biroq, uning qo‘shimcha qilishicha, «Tolibon» rahbariyati ular yuzasidan AQSh rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda.

O‘tgan hafta Afg‘onistonda 2022 yil avgustidan beri qamoqda saqlanayotgan Amerika fuqarosi Rayan Korbettning rafiqasi CBS telekanaliga eri bilan 12 daqiqa davomida telefon orqali gaplashgani va uning ahvolidan xavotirda ekanini aytdi. AQSh Davlat departamenti Korbettni ozod qilish ustida ishlayotganiga ishontirdi.

Afg‘onistonda toliblar qo‘lida aniq qancha xorijlik fuqarolar asirlikda ekani noma’lum.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati